Без рубрики

Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ozbekiston va xorijiy

13.04.2017
Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ozbekiston va xorijiy zbekiston Respublikasi

o’zbekiston Respublikasining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi

O‘zbekiston mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab Yevropa bilan hamkorlikni o z tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilab oldi. O’zbekiston bilan Yevropa mamlakatlari o rtasidagi munosabatlar ikki tomonlama va 1999-yilning 1-iyulidan kuchga kirgan o’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi hamda unga a’zo davlatlar bilan Sherikchilik va hamkorlik kelishuvi doirasida rivojlanib bormoqda.

o’zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining asosi 1993-yil noyabr oyida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning ushbu mamlakatga buyurgan tashrifi chog’ida yaratilgan.

Ayni paytda ikki tomonlama hamkorlikning ijobiy dinamikasi kuzatilmoqda. Mamlakatlar o rtasida muntazam ravishda turli darajadagi tashriflar amalga oshirilmoqda. Oxirgi bir necha yil davomida O zbekistonga Britaniyaning 40 dan ziyod delegatsiyalari tashrif buyurgan. Tomonlar tashqi siyosiy idoralar o rtasidagi maslahatlashuvlar hamda Afg’oniston bo’yicha muloqotni amalga oshirib kelmoqda.

o’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A. Kamilov rahbarligidagi delegasiyaning 2013-yil 19-22-noyabr kunlari Buyuk Britaniyaga amalga oshirgan tashrifi davlatlararo aloqalarni faollashtirishdagi muhim voqea bo’ldi.

Parlamentlararo hamkorlik o zaro aloqalarning istiqbolli yo’nalishlaridan sanaladi. 2010-yil avgustida o’zbekiston parlamentida Buyuk Britaniya parlamneti bilan hamkorlik bo’yicha Oliy Majlis guruhi tuzilgan. 2010-yil 22-sentabr oyida esa Oliy Majlis guruhi bilan «Britaniya-o’zbekiston» Umumpartiya parlament guruhi o rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Ozbekiston-Britaniya Savdo va sanoat kengashi savdo-iqtisodiy munosabatlarning samarali mexanizmi bo’lib, uning 21-majlisi Toshkentda 2014-yil 6-noyabrda bo’lib o tdi.

2014-yil yakunlariga ko’ra o’zbekiston bilan Buyuk Britaniya o rtasidagi savdo aylanmasi 106,1 million AQSh dollarini tashkil etib, shundan eksport 26,7 million AQSh dollari, import 79,4 million dollarga teng bo’ldi. 2015-yil yanvar-aprel oylarida o zaro savdo hajmi 29,3 million AQSh dollarini tashkil etib, eksport 8,5 million AQSh dollariga, import 20,8 million AQSh dollariga teng bo’ldi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik ham izchil rivojlanmoqda, jumladan ta’lim sohasida. Toshkentda 2002-yildan buyon Xalqaro Vestminster universiteti faoliyat yuritib kelmoqda, Kembridj universiteti bilan hamkorlikda esa poytaxtimizda Yuqori texnologiyalar o quv-eksperimental markazi tashkil etilmoqda.

Germaniya bilan ikki tomonlama aloqalar an’anaviy keng ko’lamli xarakterga ega bo’lib, turli jabhalarini qamrab olgan. Hamkorlikning salmoqli shartnoma-huquqiy bazasi yaratilgan.

Ikki mamlakat o rtasida turli, jumladan oliy darajadagi siyosiy muloqot yo’lga qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning Germaniyaga rasmiy tashriflari (1993-, 1995 — va 2001-yillar), GFR Prezidenti R. Gerzogning O zbekistonga davlat tashrifi (1995yil) va Kanzleri G. Shryoderning rasmiy tashrifi (2002-yil) amalga oshirilgan. Tashqi ishlar vazirliklari o rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 12 ta doirasi o tkazilgan. Shuningdek, parlamentlararo aloqalar, huquq va xavfsizlik sohalarida hamda mudofaa vazirliklari yo’nalishida hamkorlik faol rivojlanmoqda.

Germaniya O zbekistonning Yevropadagi asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. 2014-yil yakunlariga ko’ra, o zbek-german savdo aylanmasi hajmi 683,8 million AQSh dollarini tashkil etdi. 2015-yilning birinchi choragida o zaro stuff ayirboshlash 126,2 million AQSh dollariga yetdi. Ikki mamlakat o rtasidagi moliyaviy va texnikaviy hamkorlikning umumiy hajmi 313,9 million yevrodan oshgan.

O zbekistonda nemis madaniyati va tilini o rganishga katta qiziqish mavjud. Nemis tili respublikada eng ko’p tarqalgan chet tillari orasida ikkinchi o rinni egallaydi. Hozirgi paytda oliy ta’lim sohasida Germaniyaning 20 dan ortiq oliy o quv yurtlari bilan sheriklik aloqalari o rnatilgan bo’lib, talabalar, mutaxassislar va pedagog kadrlar almashinuvi yo’lga qo’yilgan. Ikki tomonlama madaniy-gumanitar munosabatlarni rivojlantirishda Toshkent va Berlin, Samarqand va Bremen, Buxoro va Bonn shaharlari o rtasidagi hamkorlik aloqalari muhim rol o ynaydi.

O zbekistonning Yevropadagi va umuman xalqaro miqyosdagi istiqbolli hamda umidli sheriklaridan biri hisoblangan Ispaniya bilan munosabatlari jadal rivojlanmoqda. 2003-yil yanvar va 2009-yil may oyida o’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning Ispaniyaga tashriflari bo’lib o tdi.

Ispaniya Tashqi ishlar vaziri X. M. Garsiya Margalio taklifiga ko’ra, 2013-yilning 4-7 noyabr kunlari o’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya Ispaniyaga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Tashqi ishlar vazirliklari siyosiy maslahatlashuvlari o tkazildi. Ispaniyaning Tashqi ishlar vaziri X. M. Garsiya Margalio 2014-yil 20-22 aprelda O zbekistonga tashrif buyurdi.

o’zbekiston Davlat jahon tillari universiteti qoshida ispan tili fakulteti faoliyat yuritmoqda. Mazkur universitetning Madrid, Granada, Alkala de Enares va Malagi universitetlari bilan hamkorlik aloqalari jadal rivojlanmoqda.

o’zbekistonItaliyani Yevropadagi uzoq muddatli va istiqbolli hamkori sifatida ko’radi.

o’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 1996-yil iyun va 2000-yil noyabr oylarida Italiyaga bo’lgan rasmiy tashriflari o zbek-italiya aloqalariga zamin yaratdi. 1997-yil may oyida Italiya Prezidenti O. Skalfaronining O zbekistonga javob tashrifi uyushtirildi.

Tashqi ishlar vazirliklari o rtasida doimiy muloqot olib borilmoqda. 2010-yil oktabr oyida Rimda Tashqi ishlar vazirlari darajasida siyosiy maslahatlashuvlarning to’rtinchi doirasi bo’lib o tdi.

2011-yildan o’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida «o’zbekiston-Italiya» parlamentlararo hamkorlik guruhi, Italiya parlamentining Deputatlar palatasida esa «Italiya-o’zbekiston» do’stlik guruhi faoliyat yuritmoqda.

2012-yil iyun oyida O zbekisotn Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Italiya parlamentining Deputatlar palatasi o rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

2012-yil mart oyida o’zbekiston va Italiya o rtasida 2012-2015-yillar uchun mo’ljallangan Madaniy hamkorlik dasturi tuzildi. Uning doirasida universitet va maktab ta’limi, madaniyat, san’at va boshqa sohalarda hamkorlik ko’zda tutilgan.

2009-yildan boshlab Toshkent shahrida Turin politexnika universiteti faoliyat yuritib kelmoqda.

2013-yil yanvar oyida Samarqand shahri hokimiyati va Florensiya provinsiyasi було muriyati o trasida Do’stlik va hamkorlik shartnomasi imzolangan.

Fransiya O zbekistonning Yevropadagi muhim hamkorlaridan biri hisoblanadi.

o’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning Fransiyaga davlat va rasmiy tashriflari (1993 — va 1996-yillar) hamda Fransiya Respublikasi Prezidenti F. Mitteranning O zbekistonga davlat tashrifi (1994-yil) bo’lib o tgan. 1996-yil iyun oyida Florensiya shahrida o tkazilgan Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari sammiti va 2002-yil noyabr oyida Praga shahrida bo’lib o tgan NATO/YeAHK sammiti doirasida o’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning Fransiya Prezidenti J. Shirak bilan uchrashuvlari ham o tkazilgan.

Ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda 2013-yil mart oyida amalga oshirilgan Fransiya Tashqi ishlar vaziri L.Fabiusning O zbekistonga tashrifi hamda 2014-yil noyabrda o tkazilgan o’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A. Kamilovning Fransiyaga tashrifi muhim ahamiyat kasb etdi.

Ikki davlat Tashi ishlar vazirliklari o rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarni 9 ta doirasi bo’lib o tgan. Oxirgisi 2014-yilning noyabr oyida Parij shahrida o tkazildi.

2008-yil o’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida parlamentlararo hamkorlik guruhi tuzildi, 2010-yildan boshlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «o’zbekiston – Fransiya» do’stlik guruhi faoliyat yuritmoqda.

Fransiya Senatida «Fransiya – Markaziy Osiyo» parlamentlararo guruhi, Milliy assambleyasida «Fransiya – o’zbekiston» do’stlik guruhlari faoliyat yuritmoqda.

2008-yil iyun oyida o’zbekiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) hamda Fransiyaning inson huquqlari himoyachisi o rtasida hamkorlik to’g’risida bitim imzolandi.

Fransiya O zbekistonning Yevropadagi muhim savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biridir. 2014-yil yakunlari bo’yicha ikki tomonlama savdo aylanmasining hajmi 287,5 mln. AQSh doll. tashkil etdi.

Fransiyada Temuriylar davri tarixi va madaniyatini o rganish Assosiasiyasi hamda «Avisenna – Fransiya» Assosiasiyasi faoliyat yuritib kelmoqda.

O zbekistonning bir qancha yetakchi universitetlari hamda Fransiyaning oliy o quv yurtlari o rtasida hamkorlik bitimlari va protokollari imzolangan.

Короткий опис статті: fransiya parij o’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi — o’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tizimiga kiruvchi va o’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida, shuningdek, xalqaro-huquqiy me’yorlarda belgilangan prinsiplardan kelib chiqqan holda, o’zbekiston Respublikasining tashqi siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organidir.
Vazirlik o z faoliyatini o’zbekiston Respublikasi Prezidentining bevosita rahbarligida amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi davlat suvereniteti prinsiplarini hayotga tatbiq etish, o’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy yo’lini amalda ro’yobga chiqarish, xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlarda, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda O zbekistonning davlat manfaatlarini va uning fuqarolari huquqlarini himoya qilish vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Джерело: o’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — o’zbekiston va xorijiy mamlakatlar

ozbekiston Respublikasining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi O‘zbekiston mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab Yevropa bilan hamkorlikni o z tashqi siyosatining ustuvor yonalishlaridan biri sifatida belgilab oldi.

Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ozbekiston va xorijiy zbekiston Respublikasi

Також ви можете прочитати